Telegram-bot Virtual qabulxona

01.04.2024

1 MILLIARD 337 MILLION SOʻM NOREAL QARZDORLIK ISTEʻMOLCHILAR FOYDASIGA QAYTA HISOB-KITOB QILINDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati Davlatobod tumani ijro etuvchi apparatiga koʻp qavatli uylarda yashovchi isteʼmolchilardan koʻplab murojaat kelib tushgan.  

Maʻlum boʻlishicha, fuqarolar Davlatobod tumani “Issiqlik taʼminoti” MCHJ tomonidan aholiga belgilangan meʼyor va sifat darajasida xizmat koʻrsatilmaganidan norozi bo'lgan.

Ushbu holat Davlatobod tuman xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, tumanning "Porloq", "Mustaqillik", "Navbahor" va "Toʻquvchi" MFY hududidagi 1437 ta xonadonning “Issiqlik Manbayi” DKdan boʻlgan 1.337.530.759 (bir milliard uch yuz oʻttiz yetti million besh yuz oʻttiz ming yetti yuz ellik toʻqqiz) soʻm qarzdorliklari “BILLING” dasturidan chiqarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00