Telegram-bot Virtual qabulxona

18.03.2024

Xarid qilingan telefon nosozligi sabab, shartnoma bekor qilindi

Xatirchi tumani "Avoxli" MFY da yashovchi fuqoro N.F. tuman markazida joylashgan savdo do’konidan muddatli to’lov asosida 7 416 000 so’mga "Huawei" rusumli telefon xarid qilgan, biroq telefonda nosozliklar kuzatilgan.

Ushbu holat yuzasidan fuqoro tadbirkorga bir necha bor murojaat qilgan bo'lsa-da, e'tiroz e'tiborsiz qolib ketavergan. Fuqoro yuqoridagi masalalar yuzasidan amaliy yordam so’rab, O’zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasining ishonch raqamiga murojaat qoldirgan.

Murojaat tegishliligi bo'yicha Xatirchi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan atroflicha o’rganib chiqildi va fuqoro murojaatida ko’rsatilgan holatlar o’z isbotini topgach, tadbirkor hamda fuqoro o’rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilinishiga erishildi


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00