Telegram-bot Virtual qabulxona

16.03.2022

"Adolatli raqamli moliya xizmatlari sari" shiori ostida o'tkazilgan Matbuot anjumani

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati

Press-Relizi

 

 

Milliy matbuot markazi                                                                            15.03.2022-yil

                                                                                                                   Soat:10:00 da

 

 

   Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan 15-mart Xalqaro isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan “Adolatli raqamli moliya xizmatlari sari” (“Fair Digital Financial Services”) mavzusida Matbuot anjumani oʻtkazildi. Matbuot anjumani bugungi kunda isteʼmolchilarni qiynayotgan dolzarb muammolar va ularning yechimlariga bagʻishlanadi. Har bir inson oʻz ehtiyojlari sabab kundalik hayotda isteʼmolchiga aylanadi. Bu esa Oʻzbekistonda 35 milliondan ortiq isteʼmolchilar yashamoqda degani. Raqamlar millionlab insonlarni isteʼmochi sifatida huquqlarini himoya qilish zarurati mavjudligini koʻrsatadi. Butun dunyoda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiladigan tashkilotlar hozirda oʻz saʼy-harakatlarini moliyaviy xizmatlar sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirmoqda.

 Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov kirish nutqida butun dunyoda isteʼmolchilar harakati tarixi, bu yilgi Xalqaro isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kunida “Adolatli raqamli moliya xizmatlari” shiori ostida nishonlanayotgani, ayni shu shior ostida Federatsiyada 2022- yil davomida qanday ishlarni amalga oshirish rejalashtirilayotgani xususida soʻz yuritdi. Juda tez oʻzgarayotgan bozor sharoitida Xalqaro isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni birinchi marta global miqiyosda raqamli moliya xizmatlarini muhokama qilishga turtki beradi. Bundan isteʼmolchilarning ahvolini yaxshilash maqsadi koʻzlanmoqda dedi.

Jahongir Sarimsoqov yana raqamli texnologiyalar toʻlov, kreditlash, sugʻurtalashning odatiy bozorlarini butunlay oʻzgartirib yubormoqda va moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilar uchun asosiy omilga aylanayotganini taʼkidladi.

 Soʻngi yillardagi oʻrganishlar shuni koʻrsatmoqdaki:

*2024-yilga borib, raqamli bank xizmatlaridan foydalanadigan isteʼmolchilar soni 3,5 milliarddan ortadi:

*rivojlanayotgan mamlakatlarda raqamli formatda toʻlovlarni joʻnatayotgan hisob raqamlari egalari soni 2017-yilga kelib, 2014-yildagi 57 foizdan 70 foizgacha oshgan;

*kompaniyalarning 30 foizi moliyaviy texnologiyalarni joriy etishga birinchi darajali ahamiyat bermoqda – ayni hol innovatsion moliyaviy texnologiyalarga butun dunyoda talab ortib borayotganini koʻrsatmoqda.

Biroq raqamli moliyaviy xizmatlarning tarqalishi isteʼmolchilar uchun yangi xatarlar paydo boʻlishi va anʼanaviy xatarlar ortib borishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, oʻsha xizmatlardan foydalanish muammosi keskinlashdi – aholi zaif qatlamlarining tobora koʻproq naqdsiz pul ishlatilayotgan jamiyatdagi oʻrni beqaror boʻlib qolmoqda. *Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ushbu 2022 -yilda amalga oshirishni maqsad qilgan eng katta rejalardan biri Markaziy Bank bilan hamkorlikda “Bank-moliya tizimida isteʼmolchi huquqi himoyasi” loyihasi asosida joriy  yil davomida respublikamizning barcha hududlarida isteʼmolchilarga uzluksiz valyuta ayirboshlash tizimini yaratish, unga koʻra respublikaning barcha hududlarida valyuta ayirboshlash shahobchalari va bankomatlarda valyutani soʻmga almashtirish narxini tenglashtirish, 24/7 soat davomida faoliyat yuritadigan bankomatlarni ishga tushirish masalasini nazorat qilish. Bu ishlarni amalaga oshirishdan koʻzlangan asosiy maqsad isteʼmolchilarda bank-moliya xizmatlariga tizimli va ishonchli yondashuvi paydo boʻlishiga erishishdir . Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov yana “Adolatli raqamli moliya xizmati” negizida elektron savdoni nazoratini ham kuchaytirish, qonunchiligimizda bu masalaga alohida yondashuv lozimligini ham eʼtirof etdi.

*Endilikda Oʻzbekiston Parlamenti quyi Palatasi bilan hamkorlikda jamoatchilik nazorati asosida “Isteʼmolchilar huquqlari himoyachisi  (Consumer Ombudsman)” lavozimini kiritishni taklif etib, bu orqali isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha ishlab chiqariladigan qonun loyihalarida keng jamoatchilik fikrini ham inobatga olish, respublikaning eng chekka hududlarida ham isteʼmolchilar huquqlarini qonuniy himoyasi kafolatini yaratishga masalasi koʻrilmoqda.

Oʻtgan 2021-yilda isteʼmolchilardan Federatsiyaga kelib tushgan murojaatlar tahlili ham konferensiya davomida aytib oʻtildi. Oʻrganishlarga koʻra isteʼmolchilardan eng koʻp noroziliklar savdo va kommunal sohalarda boʻlgan. Birgina oʻtgan 2021-yilda isteʼmolchilar foydasiga Federatsiya tomonidan 20 393 651 249 soʻm (yigirma milliarddan ziyod) mablagʻ undirib berilgan.

 *Isteʼmolchilarni oʻz huquq va majburyatlarini toʻla anglashlari uchun, bozorlarimizda sifatli mahsulotlar sonini oshirish maqsadida Federatsiya tomonidan “Ogoh isteʼmolchi” umummiliy aksiyasini oʻtkazish rejalashtirilayotgani ham aytib oʻtildi. Anjuman davomida Federatsiya yana bir qator startap loyihalar qilishni rejalashtirayotgani “Isteʼmolchi uyi” va “Isteʼmolchi kutubxonalari” Respublikamizning bir qancha tuman va shaharlarida bunyod etilishi koʻzda tutilayotganini aytib oʻtildi. Oʻtgan yili Federatsiya tomonidan oʻtkazilgan “Sayyoh-2021” xalqaro forumida ham dunyoning bir qator mamlakatlarining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiladigan tashkilotlardan vakillar ishtirok etishdi. Forum doirasida ham nafaqat Oʻzbekistonda, xalqaro maydоnda ham fuqarolarimizni isteʼmolchi sifatida huquqlarini himoya qilish masalasi koʻtarilgan edi. Jamoatchilik tashkilotiga boʻlishiga qaramay Federatsiyaning asosiy maqsadi davlat rivojiga hissa qoʻshib, inson manfaatlarini himoya qilishdek oliy qadriyat uchun harakat qilishdan iborat.

 

 

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish

 jamiyatlari federatsiyasi

Matbuot xizmati (71-239-19-48)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00