Telegram-bot Virtual qabulxona

27.04.2023

21 million so'mlik tikuv mashinalari iste'molchiga yetkazildi

Sh. Rashidov tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Yangiobod" MFYda yashovchi N. Sh. ariza kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, murojaatchi "Har bir oila tadbirkor" dasturi dorasida hokim yordamchisi ko‘magi bilan bankdan 21 million so‘m kredit olgan. Pulni esa shartnomada ko‘rsatilganidek tikuv mashinalari xarid qilish uchun o‘sha hokim yordamchisi tavsiyasiga ko‘ra, "Tanho Tomorqa Xizmati" MCHJga o‘tkazib bergan. Ammo oradan 4 oy o'tsa hamki, tikuv mashinalari egasiga yetkazib berilmagan.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan "Tanho Tomorqa Xizmati" MCHJda o‘rganish islari o‘tkazildi. Arizadagi ko‘rsatmalar to‘g‘ri ekani tasdiqlangach, 5 ta "Mauser" rusumidagi tikuv mashinalari iste’molchiga yetkazib berildi.
 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00