Telegram-bot Virtual qabulxona

23.01.2025

Salkam 21 million so'mlik ta'mirtalab tilla buyum sifatlisiga almashtirildi

Norin tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish ijro etuvchi apparati tomonidan tumanning Bobur mahallasida istiqomat qiluvchi M.M.ning xarid qilingan tilla taqinchog’ida nuqson yuzaga kelgach, sotuvchiga topshirgani, lekin uni ta'mirlab qaytarish ishlari paysalga solib kelinayotgani holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste'molchi murojaatida tumandagi tilla buyumlar savdo do‘konidan shartnoma qiymati 20 800 000 so‘m bo‘lgan tilla taqinchoq xarid qilingani, uyiga borgandan so’ng uzilgan joyi borligi aniqlangani, tuzatish uchun sotuvchiga topshirgani, lekin bu ishlar cho‘zilib ketganini bayon qiladi.

Norin tuman ijro etuvchi apparati tomonidan o‘rganish ishlari doirasida tomonlarga amaldagi qonunchilik targ‘iboti olib borildi. Natijada, sotuvchi va iste'molchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, tilla buyum xuddi shu rusum va fasondagi boshqasiga almashtirib berilib, iste'molchi talabi qanoatlantirilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00