
13.06.2024
Joriy yilning 29-may sanasidan Toshkent shahar Yashnobod tumani "Uysozlar" koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro X.B. Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqalin Toshkent shahar hududiy birlashmasiga murojaat yoʻllagan.
Murojaat mazmuniga koʻra, fuqaro Mirobod tumani "Farg'ona yo'li" koʻchasida joylashgan “Mediapark” savdo majmuasidan muddatli to'lov evaziga shartnoma asosida "Samsung S 24 Ultra" uyali aloqa apparatini xarid qilgan. Ammo iste'molchi shartnomada ko'rsatilgan summa sotuvchi aytgan summadan farq qilishi, ya'ni 3 373 000 so'm ko'proq hisoblanganligini payqaganidan so'ng, sotuvchiga shartnomani o'zgartirish lozimligi to'g'risida xabar bergan, ammo sotuvchi tomonidan rad javobi olganligidan noroziligini bildirib oʻtgan.
Murojaat tegishliligi bo'yicha Mirobod tuman jamiyatiga yuborildi. Mirobod tuman jamiyati raisi Sh.Sattorov tomonidan murojaat to'liq tartibda o'rganildi. O'rganishlar natijasida, fuqaro murojaati ijobiy hal etilib, muddatli to'lov shartnomasi bekor qilindi, uyali aloqa apparati esa 9 500 000 so'm mablag' evaziga olib berilishiga erishildi.