
12.07.2023
Uychi tuman "Olmurut" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro U.M. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro Andijon shahrida istiqomat qiluvchi M.A.dan sotish uchun 10 dona "Smart" 32 rusumli televizor qabul qilib olgan. Ammo televizorlar ekrani dars ketgani va boshqaruv pulti yo'qligi sababli, tovarlarni sota olmagan. M.A. esa turli bahonalarni ro'kach qilib, nosoz televizorlarni almashtirib berishdan bosh torgan, shuningdek, murojaatchiga tegishli bo'lgan ming dollar pul mablag'ini ham qaytarib bermagan.
Holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, javobgarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, sifatsiz televizorlar yangisiga almashtirildi, shuningdek, fuqaroning ming dollar pul mablag'i ham qaytarib olib berildi.