Telegram-bot Virtual qabulxona

14.07.2023

Iste'molchi zimmasidagi 21 million so'm noqonuniy qarzdorlik sud orqali bekor qilindi

Qashqadaryo viloyati Koson tumani Rahimso'fi mahallasida yashovchi fuqaro N.S. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga keltirilishicha, joriy yilning 3-aprelida Koson tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari fuqaro xonadoniga borib, elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligini aniqlab, dalolatnoma tuzgan. Unga ko'ra, suv nasosi uchun 5.5 kVt/soat hisoblangani sabab, 21 027 600 so'm noreal qarzdorlik keltirib chiqarilgan.

Holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, fuqarolik ishlari bo'yicha Qarshi tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Sud qaroriga ko'ra, hisoblangan qarzdorlik g'ayriqonuniy deb topilib, bekor qilindi hamda javobgar korxonadan davlat foydasiga 660 ming so'm davlat boji undirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00