
16.08.2023
O'zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Shahrisabz tuman jamiyatiga tumanning Shovkan qishlog’ida yashovchi fuqaro M.S yangi qurilayotgan ko’p qavatli uylar quruvchisining xizmatlaridan norozi bo’lib murojaat qildi.
Aniqlanishicha, fuqaro Shahrisabz tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan shug‘ullanuvchi qurulish firmasidan uy sotib olish maqsadida boshlang‘ich to‘lov sifatida oldindan 108 000 000 (bir yuz sakkiz million) so‘m to‘lagan. Ammo, o‘zaro kelishmovchiliklar sababli o‘rtadagi shartnoma bekor qilingan. Biroq, fuqaro qurulish firmasi tomonidan uy sotib olish uchun to'langan mablag` qaytarib berilmayotganligidan noroziligini bildirgan.
Murojaat tuman jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va qurilish firmasi mutasaddilariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining tegishli moddalari talablari tushuntirib o‘tildi va fuqaroning uy-joy uchun to‘lagan 108 000 000 so‘m mablag’i to‘liq shaklda iste'molchiga qaytarib berilishi ta’minlandi.