Telegram-bot Virtual qabulxona

20.10.2023

Iste'molchining 5 million so'mlik dori vositalari almashtirib berildi

Namangan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Chust tumanida yashovchi fuqaro F.I. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga koʻra, fuqaro Namangan shahridagi "Dorixona+Imzo Med" MChJga ga qarashli dorixonadan umumiy qiymati 5 088 000 soʻm boʻlgan dori-darmon vositalarini sotib olgan. Ammo shifokor retseptiga asosan dorilar ro'yxati o'zgargani sababli, xarid qilingan dori vositalarini retsept boʻyicha almashtirib olish maqsadida dorixonaga murojaat qilgan va "Sotilgan dorilar qaytarib olinmaydi", degan mazmunda javob olgan.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan holat bo'yicha oʻrganish va tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, iste'molchining 5 088 000 soʻmlik dori vositalari qaytarib olinib, retsept boʻyicha almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00