Telegram-bot Virtual qabulxona

29.01.2024

Nosoz telefon puli o'z egasiga qaytarildi

Kosonsoy tumani "Boʻston" MFYda yashovchi fuqaro Y.X. 24-yanvar kuni tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qilgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro Kosonsoy tuman markazidagi bozordan "RedMI Note 12 Pro" rusumli telefonni "Obod" MFYda yashovchi fuqaro B ismli shaxsdan ogʻzaki kelishuv asosida 1 900 000 soʻm evaziga sotib olgan. Ammo 2 kundan soʻng telefon qizishni boshlab, nosoz holga kelib qolgan. Bundan norozi bo'lgan fuqaro telefonni sotgan shaxsdan pullarini qaytarib berishini talab qilgan bo'lsa-da, muammo hal etilmagan.

Ushbu arizani oʻrganish davomida javobgarga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun boʻyicha tushuntirish olib borildi. Natijada, arizachiga 1 900 000 soʻm pul mablagʻi qaytarib berildi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00