Telegram-bot Virtual qabulxona

26.09.2023

23 million 700 ming soʻmlik sifatsiz "Akfa" romlari ta'mirlab berildi

Samarqand shahar "O‘rta xo‘ja-soat" mahallasida yashovchi fuqaro Sh.I. tomonidan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro oʻz xonadoniga "Akfa" eshik romlari oʻrnatish maqsadida tadbirkor F.A.ga oʻgʻzaki kelishuv asosida 23 million 700 ming soʻm toʻlov qilgan. Ammo tadbirkor tomonidan oʻrnatilgan romlar sifatsiz bo'lib chiqqan. Bundan norozi bo'lgan fuqaroning talablari esa bajarilmagan.

Holat bo'yicha jamiyat xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilib, fuqaroning talabi boʻyicha jami 23 700 000 so‘mlik "Akfa" romlari toʻliq bepul taʼmirlab berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00