Telegram-bot Virtual qabulxona

27.07.2023

MASHINA NOSOZLIGI SABAB TO‘LANGAN 3 600 000 SO‘M MABLAG‘ QAYTARILDI

Inchunun, gap tovar oldi-sotdi jarayoni haqida ketar ekan, ba`zan sotib olingan mahsulotlarda kamchilik mavjudligi sabab, ularni almashtirish yoki qaytarib berish uchun sotuvchiga murojaat qilamiz. Sir emaski, ayrim holatlarda savdo obektlaridagi «Sotilgan tovarlar qaytarib olinmaydi» qabilidagi yozuvlarga yoki sotuvchilarning tovarlarni qaytib olishni rad etishiga duch kelamiz. Ammo «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasida fuqarolar maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e'tiboran 10 kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga, bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli ekani belgilab qo‘yilgan.

Xatirchi tumani “Fidokor” MFY da  istiqomat qiluvchi fuqaro M.T 2023-yil 17-iyul kuni tuman markazida faoliyat yurituvchi “Imkon” savdo markazidan 3 600 000 (uch million olti yuz ming) so‘mga ONW-RTQC-482 rusumli bolalar mashinasini sotib olgadi.   Ammo uyiga olib borganida mashinaning nosozligi ma'lum bo‘ldi, bu haqda savdo markazi mas`ullariga qilgan murojaatlari natijasiz qolaverdi. Sababi sotuvchi  turli bahonalar bilan mahsulotni qaytarib olishni paysalga solaveradi. Shundan so‘ng fuqaro M.T iste'molchi sifatida buzilayotgan huquqlarini himoya qilinishini so‘rab Xatirchi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Jamiyat xodimlari murojaatni joyiga borib o‘rganib, asl holat bilan tanishdilar. Savdo markazi mas`ullariga tegishli amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada savdo markazi ma'muriyati tomonidan fuqoroning talabiga binoan 3 600 000 (uch million olti yuz ming) so‘m to‘langan mablag‘i naqd pul shaklida qaytarib berildi. Alaloqibat Xatirchi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari sa`y-harakati bilan yana bir murojaat ijobiy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00