Telegram-bot Virtual qabulxona

13.06.2023

4 million 600 ming so'mlik telefon yangisiga almashtirildi

Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Buvayda tumanida yashovchi M.U. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, iste'molchi shu yilning mart oyida Farg‘ona shahridagi savdo do‘konlarining biridan 4 million 600 ming so‘mga "Samsung Galaxy A73" rusumli telefon xarid qilgan. Ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, mobil qurilma "Zamin" kredit savdo do‘koni tomonidan boshqa bir fuqaro nomiga rasmiylashtirilgani ma'lum bo‘lgan.

Murojaatni o‘rganish jarayonida sotuvchiga yuqoridagi holat amaldagi "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning 7-moddasida ko‘rsatib o‘tilganidek, iste'molchiga noto‘g‘ri ma'lumot berilishi bilan zarur iste'mol xossalariga ega bo‘lmagan tovar sotib olinishiga sabab bo‘lganligi, bu holatda esa iste'molchi shartnomani bekor qilishga va o‘ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli ekanligi tushuntirildi. Natijada, iste'molchi xohishiga ko'ra, telefon apparati yangi va maqbul sifatdagisiga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00