
24.05.2023
Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi fuqaro O.K. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.
Unda bayon qilinishicha, tumanda faoliyat yurituvchi “Osiyo” MChJ bilan fuqaro o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, "Bog‘" MFY hududida ko'p qavatli uy qurilib, foydalanishga topshirilgan. Fuqaro shartnomada belgilangan 102 million so'm to'lovni amalga oshirgan. Ammo xonadon holati foydalanishga topshirilgan kundan 5 oy o‘tib, ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. Natijada fuqaro MChJga bir necha marotaba murojaat qilsa-da, xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan shikoyatlar bartaraf etilmagan.
Holat yuzasidan ijro etuvchi apparat mutaxassislari tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilib, “Osiyo” MChJ rahbariyatiga iste’molchining huquqlari bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, fuqaroning shartnomasida ko‘rsatilgan summaga muvofiq, maqbul sifatli boshqa xonadonga almashtirib berilishiga erishildi.