Telegram-bot Virtual qabulxona

10.02.2025

Namanganda 2 milliard so'm mablag' iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan shahar ijro etuvchi apparatiga tumanda yashovchi isteʼmolchilardan koʻplab murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarda bayon etilishicha, “Namangan Musaffo Iqlim” MCHJ Namangan shahar filiali xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumida maishiy chiqindilarning olib ketilmasligi natijasida, iste'molchilarga hech qanday xizmat koʻrsatilmagan.

O'rganishlar davomida haqiqatdan ham shahardagi 10 ta MFY hamda “Namangan Musaffo Iqlim” MCHJ shahar filiali oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-noyabrdagi PF5580-sonli Qaroriga asosan ommaviy shartnoma tuzilgani aniqlandi. Ammo  qish mavsumida havo haroratining sovishi va gaz tanqisligining yuzaga kelishi sababli, MChJ maxsus texnikalari yoqilgʻi bilan ta'minlanmagan. Shu bois, 2025-yil 1- yanvar holatiga ko'ra, ba`zi oylarda qatnov grafigi boʻyicha aholiga toʻliq va sifatli xizmat koʻrsatilmagan.

Oʻrganish yakuniga koʻra, “Namangan Musaffo Iqlim” MCHJ Namangan shahar filiali tomonidan tumanidagi 10 MFY aholisiga belgilangan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilmaganligi sababli, aholidan olinadigan jami 2 412 559 700 soʻm to'lovlarni undirish bekor qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00