
18.07.2024
Oltinsoy tumani “Bo‘ston” mahallasida yashovchi fuqaro D.Q. 2023-yil avgust oyida xonadoniga quyosh panellari o‘rnatish maqsadida tumandagi "Agro xizmat" MChJ bilan shartnoma tuzadi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni kredit orqali amalga oshiradi, biroq MChJ xodimlari quyosh panellarini 9 oydirki elektr manbaiga ulab bermaydi.
Shu sabab, fuqaro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga quyosh panellarni uchun to'langan 20 000 000 so‘m kredit mablag‘ini qaytarib olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qiladi.
Ushbu holat hududiy birlashma mas’ullari tomonidan o‘rganilib, amaldagi qonunchilik bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Natijada, iste’molchi xarid qilgan quyosh panellari sifatlisiga almashtirilib, elektr manbaiga ulab berildi.