
07.09.2023
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi raisi J.Mutaxarov raisligida avgust oyi faoliyati yuzasidan tuman va shahar jamiyatlari rahbar-xodimlari ishtirokida tahliliy hisobot yig‘ilishi tashkil etildi. Hududiy birlashma raisi so‘zga chiqib, aholi o‘rtasida iste’mol madaniyatini oshirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir normativ hujjatlar, yuqori turuvchi organlar buyruq va belgilangan chora-tadbirlar ijrosi to‘g‘risida nutq so‘zladi.
Hududiy birlashma hamda tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan korxonalarda avgust oyida 17 marotaba jamoatchilik eshituvlari, 19 marotaba davra suhbatlari, o‘quv seminarlari olib borilgan. 181 marotaba jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv-o‘rganish tadbirlari olib borilib, tuzilgan ma’lmotnomalar yuqori turuvchi organlarga yo‘naltirilgan. Mahalliy nashrlar, gazeta va jurnallarda, ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarga 30 ta maqola chop etilib, televideniyeyada 1 marotaba chiqishlar amalga oshirilgan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishdagi ustuvor yo‘nalishlarda jamoatchilik vakillari ishtirokini kengaytirish, jamoatchilik nazorati mexanizmini yana-da takomillashtirish bo‘yicha turli takliflar tinglandi. Buxoro shahar jamiyati tomonidan amalga oshirilgan ma’rifiy tadbirlar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan FIB sudlarga kiritilgan da’vo arizalari natijalari alohida e’tirof etildi.
Tizimda mavjud muammolarni tizimli hal etish, aholi murojaatlari bilan ishlash mexanizmlarini rivojlantirish va ijobiy hal etilmagan murojaatlarni qayta ko‘rish yuzasidan mas’ul rahbarlarga topshiriq va tavsiyalar berildi.