24.05.2023
Xatirchi tumani Amir Temur mahallasida yashovchi fuqaro M.Y. tomonidan federatsiyaning 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro tuman markazida faoliyat yurituvchi “Hayot start” firmasidan 26 000 000 (yigirma olti million) so‘mga mototransport sotib olgan. Ammo ushbu transport vositasi ko'p vaqt o'tmay, nosoz holga kelib qolgan. Fuqaro bu bo'yicha firma mas’ullariga bir necha marta murojaat qilsa ham, iste'molchi muammosi bee'tibor qoldirilgan.
Holat bo'yicha Xatirchi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, “Hayot start” firmasi mas’ullariga tegishli qonunchilik asoslari bo‘yicha huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi. Natijada, savdo firmasi tomonidan fuqaroning 26 000 000 so‘mlik mototransport vositasi to‘liq ta’mirlanib, ehtiyot qismlari yangisiga almashtirib berildi.