Telegram-bot Virtual qabulxona

30.01.2024

Iste'molchining onlayn savdo bo'yicha muammosi bartaraf etildi

O‘zbekiston Respublikasi "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning 7-moddasida sotib olingan tovar (ish xizmat)dan ko‘zlangan maqsadda foydalana olmaslikka sabab bo‘lsa, iste’molchi tegishli ma’lumot oqilona qisqa (ko‘pi bilan uch kunlik) muddatda berilishini talab qilishga haqlidir. Agar ma‘lumot aytilgan muddatda berilmasa, iste’molchi shartnomani bekor qilib, zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir.

Xuddi shunday mazmundagi ariza bilan Zarafshon shahar 14-kichik tumanda yashovchi fuqaro D.V. federatsiyasining 1091 qisqa raqamli “ishonch telefoni” orqali murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro 2023-yilning 15-dekabr sanasida “Zoodmall” ilovasi orqali muddatli to‘lov asosida erkaklar oyoq kiyimini sotib olganligi, ammo jo‘natmaning reklama qilingan mahsulot bilan bir xil emasligi, sifatsiz ekani hamda qilingan murojaatlar e’tiborsiz qoldirilganidan noroziligini bildirib o‘tgan.

Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Mas'ullarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi. Shundan so‘ng, jo‘natma qaytarilib, amalga oshirilgan to‘lov to‘liq shaklda fuqaroga to‘lab berildi. 
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00