
22.02.2024
O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J. Sarimsoqov va Sankt-Peterburg davlat universiteti Federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filiali direktori M. Ziyodullayev o'rtasida o'zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Memorandumdan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekistonda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda tomonlarning faol ishtirokini ta'minlash, fuqarolarda yuksak iste'mol madaniyatini shakllantirish, ularning qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishiga ko'maklashish va ta'lim olayotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlashdan iborat.
Memorandum doirasida universitet talabalari uchun amaliyot jarayonlarini tashkil etish, filialning pedagog va ishchi-xodimlarining, shuningdek, o'quvchi yoshlarning iste'molchi sifatidagi huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash maqsadida ta'lim tashkilotida federatsiyaning tayanch guruhi faoliyatini yo'lgan qo'yish va shu kabi muhim hamkorlik masalalari to'g'risida kelishib olindi.