09.08.2021
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro A.Tovmurodov tomonidan yozma murojaat kelib tushdi.
Unda isteʼmolchi, Navoiy shahrida joylashgan Aviakassadan joriy yilning 13-iyul kuni Toshkent - Krasnadar yoʻnalishi boʻyicha 4 100 000 soʻmga bilet xarid qilib olgani, ammo, fuqaro A.Tovmurodovga aeroportda COVID-19ga qarshi emlanmaganligi sababli uchishga ruxsat berilmagan. Shundan soʻng fuqaro aviabiletni xarid qilib olgan aviakassasiga topshirgan boʻlsada, chipta uchun toʻlangan 4 100 000 (toʻrt million bir yuz ming) soʻm pul har xil mablagʻ turli vajlar bilan puli qaytarib berilmaganligidan norozili ekanini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat Federatsiyaning Navoiy shahar jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida aviabilet uchun toʻlangan 4 100 000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻi isteʼmolchiga qaytarib berilishiga erishildi.