Telegram-bot Virtual qabulxona

11.02.2025

Zarur iste'mol xossalariga ega bo‘lmagan 250 million so'mlik avtomobil boshqasiga almashtirildi

Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Farg‘ona shahrida yashovchi F.K.ning avtosalondan 249 900 000 so‘mga xarid qilingan avtomobil haqida to‘laqonli ma'lumot berilmaganligi zarur iste'mol xossalariga ega bo‘lmagan avtomashina sotib olinishiga sabab bo‘lganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.

Iste'molchi murojaatida, joriy yilning 14-yanvar kuni Farg‘ona shahridagi "KIA" rusumli avtomobillar bilan savdo qiluvchi salonga borib, 2025-yilda ishlab chiqarilgan "KIA Sonet" rusumli avtomobil uchun to‘lovni amalga oshirgani, avtomashina 1 hafta ichida keltirilib qo‘liga topshirilgani, lekin Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limida hujjatlarni rasmiylashtirish paytida avtomashina o‘tgan yilda ishlab chiqarilgani ma'lum bo‘lgani, avtomobilni sotuvchiga qaytarib, unga va'da qilingan davrda ishlab chiqilgan avtomashinaga almashtirish masalasini o‘z kuchi bilan hal qila olmaganini ma'lum qilib, masalani qonuniy hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

Amaldagi qonunchilikda tovar haqida noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma'lumot berilganligi zarur iste'mol xossalariga ega bo‘lmagan tovar sotib olinishiga sabab bo‘lsa, iste'molchi shartnomani bekor qilishga va o‘ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqliligi belgilab qo‘yilgan. Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan qonunchilikning mazkur talablaridan kelib chiqqan holda sotuvchi tomoniga da'vo talabnomasi shaklidagi xat kiritilib, tashkilot mas'ul xodimlari bilan muzokaralar olib borildi. O‘rganish yakunlari bilan esa avval xarid qilingan avtomobil avtosalonga qaytarilib, 2025-yilda ishlab chiqarilgan xuddi shu rusumdagi avtomashinaga almashtirilishiga erishildi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00