Telegram-bot Virtual qabulxona

19.04.2024

“ONIX” sotib olgan iste'molchiga pul mablag‘i qaytarildi

Ko‘kdala tumani “Sho‘rbozor” mahallasida yashovchi fuqaro S.B. Jizzax viloyatida joylashgan “Venisle valey” MChJga qarashli avtosalon bilan 159 million 160 ming so‘mga “ONIX” rusumli avtomashina sotib olish to‘g‘risida shartnoma tuzib, to‘lovlarni amalga oshiradi va transport vositasi belgilangan muddatda yetkazib beriladi. Biroq shartnoma shartlarida to‘langan summaning 2 foizi, ya'ni 4 million 151 ming so‘m iste'molchiga qaytarilishi belgilangan bo‘lib, ushbu pul mablag‘ini qaytarish avtosalon mas'ullari tomonidan paysalga solinadi.

Fuqaroning  shu haqdagi murojaati Qarshi shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik, transport vositalarini chakana sotish tartiblari hamda rasmiylashtirilgan shartnoma shartlariga har ikki tomon amal qilishi shart ekanligi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Murojaatni o‘rganish natijasiga ko‘ra, avtosalon tomonidan belgilangan pul mablag‘i to‘liq qaytarilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00