Telegram-bot Virtual qabulxona

22.02.2023

Nosoz suv nasosi yangisiga almashtirib berildi

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani "Chandir" qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.B. Mirishkor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qildi.

Unga ko'ra, fuqaro Jeynov shaharchasida joylashgan “Okean”  savdo do‘konidan 1 250 000 so'mga tomorqa sug'orish uchun mo'ljallangan suv nasosi sotib olgan. Ammo nasos nosoz chiqqani sababli, savdo do'koni sotuvchisiga bir necha marta murojaat qilishiga qaramasdan, mas'ullar boshqasiga almashtirib bermagan.

Murojaat o‘rganilib, sotuvchiga iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid amaldagi qonun hujjatlari talablari tushuntirilib, nosoz suv nasosi shu rusumdagi boshqasiga almashtirib berilishi ta’minlandi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00