Telegram-bot Virtual qabulxona

28.05.2024

“TRAСKER-2” uchun toʻlangan 123 million soʻmdan ortiq pul mablagʻi iste'molchiga qaytarildi

Qarshi shahrida yashovchi fuqaro A.A. “FAVORITE-СARS-SERVIСE” MChJ bilan “TRAСKER-2” rusumli avtomashina sotib olish toʻgʻrisida shartnoma rasmiylashtirgan va 123 million 500 ming soʻm toʻlovni amalga oshirgan. Biroq keyinchalik fuqaroning sogʻligi yomonlashgani sababli, avtomashina sotib olish fikridan qaytgan. U bu haqda “UzAuto Motors” rasmiy dilleri orqali murojaat qilib, rasmiylashtirilgan shartnomani bekor qilish va toʻlangan summani qaytarishni soʻragan. Ammo masala iste'molchi kutganidek tezda hal boʻlmagan. 

Fuqaro mazkur masala boʻyicha Qarshi shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, amaliy yordam soʻragan. Murojaat asosida oʻrganishlar olib borilib, sotuvchiga avtoransport vositalarini sotishga qoʻyilgan shartlar va talablar hamda bu borada iste'molchining mavjud huquqlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi. Oʻrganish natijalariga koʻra, transport vositasi sotib olish toʻgʻrisida rasmiylashtirilgan shartnoma bekor qilinib, iste'molchi tomonidan amalga oshirilgan toʻlov toʻliq miqdorda unga qaytarilishi ta'minlandi.

Ma'lumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan “Chakana savdo qoidalari” talablariga asosan, haqi toʻlangan avtotransport vositasini olish xaridor tomonidan rad etilgan taqdirda toʻlangan summa unga qonunchilikda belgilangan tartibda qaytariladi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00