Telegram-bot Virtual qabulxona

06.02.2025

Qarzdorligi da'vo qilingan iste'molchi, aslida haqdor bo‘lib chiqdi

Kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish har bir insonning fuqarolik burchi hisoblanadi. Ayrim vaziyatlarda iste’molchilar foydalangan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni kechiktirsa, aksariyat hollarda to‘langan to‘lovlari mas’ul tashkilotlarning texnik xatosi tufayli inobatga olinmasligi mumkin. Natijada, noreal qarzdorliklar yuzaga kelishi, bu orqali iste’molchi huquqi buzilishi mumkin.

Vobkent tumanida yashovchi fuqaro U.S. ichimlik suvi uchun to‘lovlarni o'z vaqtida to‘lab kelgan. Ammo tuman suv ta’minoti korxonasi tomonidan yuborilgan xatda iste’molchi 2 450 000 so‘m qarzdorlikni bartaraf etishi qayd etilgan. Iste’molchilik huquqini to‘liq anglagan fuqaro amaliy yordam so‘rab, Buxoro viloyat hududiy birlashmasiga murojaat qilgan.

Vobkent tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari ushbu murojaatni to'liq o‘rganib chiqishdi. Suv ta’minoti korxonasi mas’ullari ishtirokida abonent hisobvaraqasi qayta hisob-kitob etilganda, iste’molchi qarzdor emasligi, aksincha, 130 000 so‘m oldindan to‘lovi mavjudligi aniqlandi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00