Telegram-bot Virtual qabulxona

14.02.2023

Sifatsiz gazballon puli egasiga qaytarildi

Buxoro viloyati Jondor tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Chorzona" qishlogʻida yashovchi fuqaro Q.U murojaat qildi.

Murojaatga ko'ra, isteʼmolchi Jondor tumanidagi "Ecobozor"dan 550 000 soʻmga gazballon xarid qilgan. Ammo gazballon sifatsizligi maʼlum boʻlganidan so'ng, uni doʻkonga qaytarib olib borgan. Savdo doʻkoni esa iste'molchi pulini qaytarib bermagan.

Holat boʻyicha jamiyat xodimlari o'rganish ishlarini olib bordi. Tadbirkorga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan soʻng, gazballon uchun to'langan 550 000 soʻm mablag' toʻliq shaklda iste'molchiga qaytarildi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00