
23.08.2023
Uchquduq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan NKMKga qarashli "Uchquduq" (Sovremennik) madaniyat saroyi hamda MSCh-2 tashkiloti jamoasi bilan “Yuksak iste'mol madaniyati sari!” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Federatsiya tomonidan iste'molchilarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar xususida fikrlashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi “Iste'molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini to‘liq ta'minlash, shuningdek jamoada Federatsiyaning “Tayanch guruhlari”ni tashkil etish, ishchi xodimlarni a'zolikka jalb qilish borasida kelishib olindi.