
23.02.2024
Jizzax viloyati Jizzax shahri “Obod” MFYda istiqomat qilivchi fuqaro N.M. Oʻzbekiston isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining qisqa raqamli ishonch telefoniga (1091) murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro xonadoniga “Jizzax suv taʼminoti” AJ shahar filiali tomonidan 2 500 000 soʻm noreal qarzdorlik hisoblangan.
Murojaat yuzasidan Jizzax shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganish ishlari oʻtkazilib, qayta hisob-kitob qilinganida fuqaro zimmasida 20-fevral holatiga koʻra, 355 910 soʻm qarzdorlik mavjudligi ma'lum bo'ldi. Ushbu qarzdorlik iste'molchi tomonidan toʻliq toʻlandi va ortiqcha hisoblangan 2 million 100 ming so'm asossiz qarzdorlik bartaraf etildi.