27.02.2023
Joriy yilning 24-fevral kuni Denov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro M.Sh. ariza bilan murojaat qildi.
Unda bayon etilishicha, Denov shahrida joylashgan "Indenim" savdo majmuasidagi do’kondan 5 700 000 so‘mga sotib olingan kir yuvish mashinasi 10 kun o'tmasdan nosoz holatga kelib qolgan.
O’rganish jarayonida haqiqatan kir yuvish mashinasining nuqsoni borligi aniqlandi. Natijada, jamiyat mutaxassislari tomonidan sotuvchiga qonunchilikdagi nuqsonli tovarni almashtirib berish tartibi tushuntirilib, murojaatchi xohishiga ko’ra, 5 700 000 (besh million yetti yuz ming) so‘m pul mablag'i sotuvchidan qaytarib olib berildi.