Telegram-bot Virtual qabulxona

15.05.2023

Iste'molchi huquqlarini buzgan MChJdan sud orqali 337 million so'm undirildi

Buxoro shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro M.M.dan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro va "Shopping Karvon Center Home Market" MChJ o'rtasida 2020-yil 7-avgustda shartnoma tuzilgan. Unga asosan, Buxoro shahar Zulfiya ko'chasida quriladigan yirik savdo markazi majmuasining ikkinchi qavatida joylashgan 56 va 79-sonli savdo do'konlarini MChJ tomonidan 2020-yil to'rtinchi choragida qurib topshirilishi belgilangan. Ammo shu vaqtga qadar hech qanday qurilish ishlari boshlanmagan. Murojaatchi esa javobgarga 324 million so'm to'lov qilgan. U MChJga bir necha marta murojaat qilgan bo'lsa-da, barcha e'tirozlar e'tiborsiz qoldirilgan.

Holat bo'yicha jamiyat xodimlari tomonidan Fuqarolik ishlari bo'yicha Buxoro tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Sud qaroriga ko'ra, taraflar o'rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilinib, MChJ tomonidan murojaatchi foydasiga 324 million so'm zarar, shuningdek, 30 ming so'm pochta xarajatlari va davlat foydasiga 12 million 960 ming so'm davlat boji undirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00