
04.09.2023
Pop tuman Uygʻursoy MFY Doʻstlik koʻchasida yashovchi N.Oʻ. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoni orqali murojaat qilib, tumandagi dorixonalarning biridan norozi ekanligini bildirgan.
Pop tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan fuqaroning murojaati oʻrganilganda, tumandagi dorixonalarning biridan dori xarid qilib olgan, lekin ushbu mahsulot doʻkon sotuvchisi tomonidan shifokor yozib bergan roʻyxati boʻyicha berilmaganligi hamda dori-darmon vositalari uchun toʻlangan pullar qaytib berilmaganligi maʼlum etilgan. Oʻrganish yakunida dorixona rahbari bilan tuman mutaxassislari tomonidan suhbat olib borilib xarid uchun toʻlangan 370 000 (uch yuz yetmish ming) soʻmlik dori-darmon puli isteʼmolchi foydasiga qaytarib berildi.