Telegram-bot Virtual qabulxona

15.02.2023

9 mln 800 ming so'mlik nosoz muzlatkich yangisiga almashtirib berildi

To‘raqo‘rg‘on tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumandagi "Porosmon" MFYda yashovchi fuqaro R.U. tomonidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda keltirilishicha, fuqaro To‘raqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritayotgan “Imkon” savdo markazidan qiymati 9 mln 800 ming so‘m bo‘lgan “Samsung” muzlatkichini sotib olgan. Xarid qilingan tovar 3 kun ichida nuqsonli ekani ma'lum bo'lganidan so'ng, savdo markazidan boshqa muzlatkichga almashtirib berishlarini so'ragan. Ammo do'kon xodimlari iste'molchi talabini shu kunga qadar bajarmagan.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan fuqaroning murojaati  tegishli tartibda o‘rganilib, ishlab chiqaruvchining aybi bilan muzlatkichda nuqson borligi aniqlandi. Natijada qiymati 9 mln 800 ming so‘m bo‘lgan boshqa xuddi shunday modelli (artikulli) muzlatkichga almashtirib berilishiga erishildi.        


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00