Telegram-bot Virtual qabulxona

09.10.2023

Iste'molchi muammosi ijobiy hal etildi

Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro A.U. tomonidan ariza kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro shu yilning 23-sentabr kunida “Ishonch” savdo do‘koni bilan 4 230 000 so‘mlik kiyim javoni uchun shartnoma tuzgan, ammo do‘konda 2 ta shkafning narxlari o'zaro almashib qolgani sababli, iste'molchi tanlagan shkaf narxi noto'g'ri rasmiylashtirilgan. Shuning uchun, savdo do'koni shartnomani bekor qilgan.

Murojaat yuzasidan jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi va “Ishonch” savdo do‘koni rahbaryati hamda xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi. Shundan so‘ng, jamiyat aralashuvi bilan “Ishonch” savdo do‘koni hamda fuqaro o'rtasida yangi shartnoma tuzildi va kiyim javoni iste'molchiga yetkazildi.         


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00