
28.02.2023
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashovchi fuqaro B.B.dan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushdi.
Unga ko'ra, fuqaro Oltinsoy tuman "Zarkamar" mahallasida joylashgan "Xamroxoji" yonilgʻi quyish shoxobchasida ishlagan. Ammo yanvar oyi uchun belgilangan ish haqini olmagan.
Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan oʻrganilganda haqiqatdan ham fuqaroga ish haqi berilmagani aniqlandi va 1 000 000 sʼom oylik maoshi murojaatchiga olib berildi.