
20.02.2025
Sariosiyo tumani “Tartuli” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro H.N. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushdi.
Unda keltirilishicha, chiqindi to'plash va olib ketish bilan shug'ullanuvchi “BIO TEX EKO” MCHJ tomonidan fuqaro xonadoniga 1 000 000 so‘m noreal qarzdorlik hisoblangan.
Murojaatdan kelib chiqqan holda ushbu holatni tuman jamiyati mutaxassislari atroflicha o‘rganib chiqib, tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishdi hamda hisoblangan 1 000 000 so‘m noreal qarzdorlik bartaraf etildi.