Telegram-bot Virtual qabulxona

13.03.2023

1 million 450 ming so'mlik nosoz televizor sifatlisiga almashtirib berildi

Denov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Buyuk Ipak Yo‘li" mahallasi "Diyor" ko‘chasi 54-uyda yashovchi J.E. ariza bilan murojaat qilgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro "Amir Xolding" majmuasida joylashgan savdo do‘konidan 1 450 000 so‘mga "Samsung-32" rusumli televizor sotib olgan. Ammo hech qancha vaqt o’tmay, tovarning nuqsoni borligi ma'lum bo'lgan.

Holat yuzasidan do’kon sotuvchisi va murojaatchi ishtirokida o’rganish o’tkazildi. Natijada, xarid qilingan televizorning nuqsoni borligi tasdiqlanib, sotuvchiga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi va fuqaroning o‘z xohishiga ko‘ra, televizor yangisiga almashtirilib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00