Telegram-bot Virtual qabulxona

13.06.2023

Iste'molga yaroqsiz jenshen mahsuloti sifatlisiga almashtirildi

Xatirchi tumani “Xo‘jaqo'rg‘on” MFYda yashovchi fuqaro B.X. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro Toshkent shahrida joylashgan “Tge Sunmee” MCHJdan 1 million 50 ming so‘mga jenshen ildizi sotib olgan, ammo u iste’molga yaroqsiz chiqqan. Fuqaro bu bo'yicha MCHJ mas’ullariga bir necha bor murojaat qilgan bo'lsa-da, muammo hal etilmagan.

O‘rganishlar davomida jenshen ildizining 12 oylik yaroqlilik muddati mavjudligi, lekin uni muzlatkichda saqlash lozimligi bo'yicha eslatmalar mavjud emasligi, bu borada esa fuqaroga to‘liq tushuntirish ishlari olib borilmaganligi aniqlandi. Natijada, “Tge Sunmee” MCHJ ma’muriyati tomonidan murojaatchiga 1 050 000 so‘mlik jenshen mahsuloti yangisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00