
02.11.2023
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Surxondaryo viloyat hududiy birlashmasining 2023-yil 9 oylik faoliyat yakunlariga bag‘ishlangan navbatdagi kengash yig‘ilishi o`tkazildi.
Yig'ilishda federatsiya raisi J. Sarimsoqov ham ishtirok etdi.
Hisobot davrida hududiy birlashma hamda tuman (shahar) jamiyatlariga Prezident portali orqali 3 ta, Bosh prokuratura ishonch telefoni orqali 17 ta va Federatsiya markaziy apparatining 1091 ishonch telefoni orqali 89 ta, hududiy birlashma tuman (shahar) jamiyatlariga 267 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu arizalarning ijobiy hal etilishi natijasida, jami 1 840 429 368 so‘m moddiy zararlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Yig‘ilishda federatsiya kengashining 2023-yil 17-oktyabr kunidagi majlisi qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar, hududiy birlashma tizimiga kiruvchi tashkilotlarning hisobot davrida amalga oshirilgan ishlari, joriy yil uchun belgilangan rejalarning to‘liq ijrosini ta'minlash borasida olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas'ullarning axborotlari tinglandi va yil yakuniga qadar amalga oshirilishi kerak bo`lgan vazifalar belgilab olindi.