19.09.2023
Davlatobod tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro M.A. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaroning yashash xonadoni oldida, taxminan, bir oy avval suv quvurlarini taʼmirlash uchun yoʻllar qazib qoʻyilgan, lekin shu kunga qadar taʼmirlash ishlari oʻz vaqtida yakunlanmay, aholi uchun turli noqulayliklar keltirib chiqargan.
Ushbu murojaat boʻyicha “Suv taʼminot” Doʻstlik boʻlimi mutaxassislari tomonidan oʻrganish oʻtkazilib, kamchiliklar toʻliq bartaraf etildi hamda ichimlik suvi uzluksiz yetkazib berilishiga erishildi.