Telegram-bot Virtual qabulxona

27.06.2024

Salkam 2 million so'mlik nuqsonli televizor sifatlisiga almashtirildi

Chust tumani "Sabzazor" mahallasida yashovchi fuqaro M.N. O'zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unda ma’lum bo’lishicha, fuqaro Chust tuman tijorat bozorida joylashgan maishiy texnika do’konlarining biridan 1 700 000 so’mga “Sonor” rusumli televizor sotib olgan. Oradan 6 oy o'tgach, televizor nosoz holga kelib qolgan. Shundan so'ng, iste’molchi bu bo'yicha do’kon mas'ullariga murojaat qilgan, ammo servis markazi xodimlari xarid qilingan televizorning kafolat muddati boʻlishiga qaramay, fuqarodan xizmat uchun 700 000 soʻm pul talab qilgan. 

Ushbu holat jamiyat mutaxassislari tomonidan o’rganilib, do’kon ishchi xodimlariga tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, do'kon ma'muriyati tomonidan isteʼmolchiga ayni shunday markali maqbul sifatli televizor topshirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00