Telegram-bot Virtual qabulxona

17.09.2021

Asossiz qarzdorlik bartaraf etildi

Fargʻona viloyati Quva tumanida yashovchi fuqaro  Z.Xolmatovninig Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasiga qilgan murojaati Federatsiya masʼullari tomonidan oʻrganildi.
Murojaatda qayd etilishicha, isteʼmolchi xonadoniga 2004-yilda tabiiy gaz oʻtkazilgan boʻlib, isteʼmolchi toʻlovlarni muntazam va oʻz vaqtida amalga oshirib kelishiga qaramay Quva tuman Gaz taʼminot korxonasi tomonidan 175 560 (bir yuz yetmish besh ming besh yuz oltmish) soʻm qarzini oʻz vaqtida toʻlashi kerakligi haqida xat kelgan.
Murojaatini oʻrganish jarayonida amalga oshirilgan toʻlovlar qayta hisob-kitob qilinganda, isteʼmolchining haqiqatda 47 320 soʻm qarzdorligi mavjudligi, bazaga notoʻgʻri hisob kiritilishi natijasida qarzdorligi 222 880 soʻmga aylanib ketganligi aniqlandi.
Yana bir holat. Ushbu hududda yashovchi yana bir fuqaro X.M. ning murojaati ham oʻrganilishi jaaryonida gaz idorasi xodimlari tomonidan gaz hisoblash uskunasining koʻrsatgichi notoʻgʻri kiritilishi natijasida isteʼmolchida 101 339 soʻm asossiz qarzdorlik yuzaga kelganligi maʼlum boʻldi.
Yuqoridagi holatlarni oʻrganish natijasida, isteʼmolchilarga nisbatan hisoblangan asossiz qarzdorlik bartaraf etilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00