
21.08.2023
Yangiqoʻrgʻon tumani Qulluqtol MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M. A. Yangiqoʻrgʻon Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
Murojaat mazmuniga ko`ra, fuqaro Yangiqoʻrgʻon tuman dehqon bozori yonida joylashgan tadbirkordan oʻzaro kelishuv asosida Samsung 33 qo`l telefonini sotib olgan biroq qurilma quvvatlantirish jarayonida qizib ketgan. Tadbirkorga bir necha bor telefon qizib ketayotganligini aytib murojaat qilgan. Murojaati ijobiy hal boʻlmagandan soʻng Yangiqoʻrgʻon tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat belgilangan tartibda fuqaro hamda tadbirkor ishtirokida o`rganilib, isteʼmolchi foydasiga 3 755 000 so`m mablag` undirib berildi.