
05.09.2023
2023-yil 21-avgust kuni Xatirchi tumani "Uchqora" MFYda yashovchi fuqoro N.B. O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi ishonch telefoniga tuman markazida joylashgan "Premier" savdo do’konidan 3 600 000 so’mga xarid qilgan muzlatgichi kafolat muddati davrida nosoz holga kelib qolgani, savdo do’koni xodimlari esa ta’mirlab berishdan bosh tortayotgani sababli norozilik bildirib, ushbu masalada amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Fuqaro murojaati Xatirchi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o’rganib chiqildi va savdo do’koni ma’sullariga fuqoroning iste'molchi sifatida huquqlari tushuntirildi. Natijada, nosoz holga kelib qolgan muzlatgich bepul ta’mirlab berildi va iste’molchining yashash manziliga yetkazildi.