Telegram-bot Virtual qabulxona

10.10.2024

Ichimlik suvi bo‘yicha salkam 20 million so‘m qarz  bekor qilindi

Chiroqchi tumani "Dursun" qishlog‘ida yashovchi fuqaro J.M. ichimlik suvi tarmog‘iga qonunchilik talablariga muvofiq  ulanib, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan holda foydalanib kelayotganligiga qaramasdan, suv ta'minoti idorasi uning xonadoniga nisbatan 19 million 716 ming so‘m qarzdorlik hisoblaydi. Bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirilib, xonadon  ichimlik suvi tarmog‘idan uzib qo‘yiladi. Eng qizig‘i, iste'molchi mazkur dalolatnoma bilan tanishtirilmaydi va unga nusxa berilmaydi. Qanday qonunbuzilishga yo‘l qo‘yganligidan bexabar qolgan iste'molchining takror-takror qilgan murojaatlari esa e'tiborsiz qoldiriladi.  

Fuqaroning  ushbu  qarzdorlikdan norozi bo‘lib qilgan murojaati tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida iste'molchining xonadonida foydalanilgan ichimlik suvi miqdori va amalga oshirgan to‘lovlari qayta hisob-kitob qilindi va fuqaro tomonidan “Iste'molchilarga suv ta'minoti va suv chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalari”  talablari buzilmaganligi aniqlandi hamda suv ta'minoti korxonasi tomonidan asossiz tarzda hisoblangan qarzdorlik to‘liq bekor qilinishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00