
05.07.2023
Qarshi shahri "Navo" mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Sh. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro xonadoniga Qarshi shahar “Suv ta’minoti” tomonidan ichimlik suvi to‘lovlari bo‘yicha 2 million 331 ming so‘m asossiz qarzdorlik hisoblangan.
Murojaat o‘rganilganda suv ta’minoti idorasida iste'molchi nomiga ochilgan abonent kartasiga hisoblagich ko‘rsatgichidan tashqari dalolatnoma asosida 1811 m3 ortiqcha suv sarfi kiritilib, 2 million 331 ming so‘m asossiz qarzdorlik keltirib chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi. Holat bo'yicha Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan “Qashqadaryo suv ta’minoti” MCHJga ma’lumot kiritilib, hisoblangan noqonuniy qarzdorlik iste’molchining hisobidan chiqarilishi ta’minlandi.