Telegram-bot Virtual qabulxona

05.04.2024

2 kun elektr energiyasisiz qolgan aholi muammosi bartaraf etildi

Joriy yilning 1-aprel kuni Nurota tumani "Bo‘ston" MFY  "Anna" qishlog‘ida yashovchi bir guruh aholi nomidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, 30-mart kuni kuchli yog‘ingarchilik sababli, qishloqdagi 63 KW A lik transformator kuyib ketgan va qishloq aholisi elektr energiya ta'minotisiz qolgan.

Jamiyat xodimlari tomonidan vaziyat o‘rganilib, aholining 2 kundan buyon elektr energiyasisiz yashayotganliklari bo‘yicha tuman elektr tarmoqlari korxonasiga xat orqali tomonlarning huquq va majburiyatlari  tushuntirib o'tilgach, tezkor chora ko‘rilib, 2-aprel kuni muommolar elektr korxonasi xodimlari tomonidan bartaraf qilindi va "Anna" qishlog‘ida elektr energiyasi ta'minoti tiklandi. 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00