10.10.2023
Bag‘dod tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida yashovchi U.X.ning parranda tuxumlarini ochish uchun inkubator xarid qilgani va uning nuqsonli chiqqani yuzasidan Bosh prokuratura ishonch telefoniga qilgan murojaati masalaning hududiy tegishliligi bo‘yicha o‘rganildi.
Murojaatga ko'ra, fuqaro 2023-yilning 17-aprel kunida Bag‘dod tumanidagi "Smart box" xususiy korxonasidan 6 000 000 so‘mga xarid qilgan inkubator qurilmasiga 6 oylik kafolat muddati belgilangan bo‘lib, qurilma xarid qilingandan so‘ng, 2-3 oy ishlatilishi jarayonida unda nuqsonlar kuzatilgan. Iste'molchining korxona mas'uliga nuqsonlarni bartaraf etib berilishi, aks holda, pulining qaytarilishi bo‘yicha qo‘ygan talablari esa qanoatlantirilmagan.
Murojaat o‘rganilishi jarayonida korxona mas'ullariga yuzaga kelgan holatda amaldagi qonunchilik talablari, iste'molchining huquqlari va sotuvchi (ishlab chiqaruvchi)ning majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi. O‘rganish yakunlari bilan esa nuqsonli qurilma korxonaga qaytib olinib, fuqaroga 6 000 000 so‘m puli qaytarilishiga erishildi.