
19.07.2023
Chust tumani "Xo‘jaobod" MFYda yashovchi fuqaro Sh.X. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha,"Namangan Suv ta’minoti" MCHJ Chust tuman bo‘limi tomonidan murojaatchi xonadoniga assosiz ravishda 1 520 000 so‘m qarzdorlik hisoblangan.
Holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazildi. Natijada, ushbu qarzdorlik noreal ekani aniqlanib, iste'molchi hisobraqamidan chiqarildi.